
Yann Zommer “Manchester Yunayted”ga o‘tishi mumkin
“Manchester Yunayted” kelasi yozda Yann Zommerni erkin agent sifatida o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qiladi, deya xabar bermoqda “ESPN” nashri. Darvozabonning “Borussiya" Myonxengladbax bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilda o‘z nihoyasiga etadi va klubni tark etishi kutilmoqda.
Manbaning ta’kidlshicha, tez orada Angliya klubi Yann Zommerning agenti bilan aloqaga chiqadi va muzokaralarni boshlaydi.
“Manchester Yunayted” yozda ham futbolchining sotib olishga harakat qildi. Ammo ushbu transfer amalga oshmagach, klub Martin Dubravkani harid qilgandi. “Qizil iblislar” darvozabon bilan xayrlashishga tayyor.
Fikrlar