Yanvar oyida Rowing & Canoe federatsiyasi eng ko‘p mablag‘ ishlatgan yohud sport federatsiyalari yanvarda qancha sarflashdi?

  • 5 fevral, 2023, 11:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 noyabrdagi "2024 yil Parij shahrida (Frantsiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida"gi PQ-5281 sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomonidan sport federatsiyalariga (assotsiatsiya) Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ishlari uchun har oy budjet mablag‘lari yo‘naltiriladi.

Tecno

2023 yil yanvar oyida Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan 16 ta sport federatsiya va uyushmalar bergan talabnomalari asosida ajratilgan mablag‘lardan mahalliy hamda xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish uchun 9 715 840 380 so‘m miqdorida moliyalashtirilgan, deya xabar bermoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati. 

Yanvar oyida eng ko‘p Rowing & Canoe federatsiyasiga - 1 794 100 000 so‘m mablag‘ ajratilgan. Undan keyin Dzyudo federatsiyasi (1 585 200 200 so‘m) va Taekvondo WTF assotsiatsiyasiga (1 291 600 000 so‘m) eng ko‘p mablag‘ yo‘naltirilgan. 

Shu bilan birga, Olimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiya va uyushmalarning ustav xarajatlari, milliy terma jamoa sportchilari uchun anjom va maxsus ekipirovkalar xaridi, ularning tibbiy-biologik ta’minoti bilan bog‘liq xarajatlar G‘aznachilikning tegishli tizimi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirilmoqda.

Yanvar oyida talabnoma asosida mablag‘ ajratilgan federatsiyasi va assotsiatsiyalar bilan tanishing:

IMG_20230205_111034_633

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!