Yaponiya klubi OChL g‘olibiga aylandi

  • 06.05.2023 15:56
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Osiyo Chempionlar ligasi finalidan o‘rin olgan "Urava Red Daymonds" - "Al-Hilol"  jamoalari o‘rtasidagi javob bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda maydon egalari 1:0 hisobida saudiyaliklardan ustun keldi. 

Andre Karrilo 48-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi va mazkur gol yaponiyaliklarga g‘alaba taqdim etdi. Qayd etish lozim, mazkur qarama-qarshilikdagi birinchi bahsda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!