Yaponiyada qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi

CHERY AUTO

Bugun Yaponiyaning Tokio shahrida qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi. Mazkur musobaqada kelasi yili aynan ushbu shaharda o‘tadigan navbatdagi Olimpiya o‘yinlariga yirik litsenzion ochkolar o‘ynaladi.

Reglamentga ko‘ra, bugungi kun dasturida erkaklar o‘rtasida rapira va ayollar o‘rtasida sablya yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi. Osiyo chempionatida jami 11 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Bugungi kun dasturi bo‘yicha 3 nafar sablyachimiz Sevinch Ismoilova, Zaynab Dayibekova hamda Yana Obintseva g‘oliblik uchun jang qilishadi.

Mazkur Osiyo chempionatidagi ishtirok etuvchi tarkibimiz quyidagicha:
Sherzod Mamutov – sablya
Pazilbek Genjebaev – sablya
Sevinch Ismoilova – sablya
Zaynab Dayibekova – sablya
Yana Obvintseva – sablya
Roman Aleksandrov – shpaga
Javohirbek Nurmatov – shpaga
Fayzulla Alimov – shpaga
Oleg Sokolov – shpaga
Malika Hakimova – shpaga
Yana Alborova – rapira

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!