Yaxshiboev hamon e’tirofga munosib!

  • 27 oktabr, 2020, 17:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus chempionatining yakuniy qismiga kelib,  “Shaxtyor” sharafini himoya qilayotgan Jasur Yaxshiboevning ko‘rsatkichlarida pasayish kuzatilmoqda. Xususan, uzoq muddat to‘purarlar poygasida etakchilik qilgan hamyurtimiz so‘nggi pallada BATE hujumchisi Maksim Skavishni oldinga o‘tkazib yubordi.

Tecno

Jasurdan farqli ravishda raqiblar darvozasini ishg‘ol etishni kanda qilmayotgan Maksim Skavish gollari sonini 17 taga etkazib, Yaxshiboevdan to‘rtta golga o‘zib ketdi. Bu natijalari evaziga Maksim chempionatning eng yaxshi futbolchilari reytingida kuchli o‘nlikka kirib, to‘qqizinchi pog‘onadan joy oldi.

Jasur Yaxshiboev to‘purarlar bahsini boy bergan bo‘lsa-da, eng yaxshi futbolchilar ro‘yxatidan hamon eng yuqori o‘rinni egallab turibdi. Chempionatning birinchi qismidagi ajoyib o‘yini evaziga umumiy ballar hisobida raqobatchilaridan ancha oldinga o‘tib ketgan hamyurtimiz oradagi farq qisqarayotganiga qaramay, musobaqa yakunlangunicha peshqadamlik mavqeini o‘zida saqlab qoladi.

Umuman olganda, Oliy liganing eng yaxshi futbolchilari o‘nligidan faqat “Shaxtyor”, BATE va “Torpedo-BelAZ” jamoalari vakillari o‘rin olgan.

Ular bilan tanishing:

20201027111451

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!