Yaxshiboev jamoasi bu borada eng zo‘ri...

  • 10 dekabr, 2021, 12:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moldova chempioni “Sherif” Chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etgan Sharqiy Evropa vakillari orasida eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

Tecno

Moldova tarixida ilk bor Chempionlar ligasining guruh bosqichida qatnashgan tiraspolliklar bu yilgi musobaqaning haqiqiy kashfiyotiga aylandi.

“D” guruhida “Real”, “Inter” va “Shaxtyor” bilan raqobatlashgan “Sherif” o‘z o‘yini bilan ko‘pchilik muxlisu mutaxassislar e’tibori va ehtiromini qozondi.

183889_680

“Sherif” o‘z uyidga nisbatan safar uchrashuvlarida yaxshiroq natija qayd etdi. Dastlabki, Tiraspolda ukrainalik “konchilar”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan “Sherif” vakillari keyingi bahsda “Santyago Bernabeu”dan 2:1 hisobidagi shov-shuvli g‘alaba bilan qaytdi. Mazkur uchrashuvda “Real” darvozasiga to‘p kiritgan Jasur Yaxshiboev o‘zbek futbolchilari orasida Madridda gol urgan birinchi o‘yinchimiz sifatida futbol tarixidan joy oldi.

Jasur Yaxshiboev joriy mavsumda Chempionlar ligasida uchta uchrashuvda jami 206 daqiqa harakat qildi va o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Hamyurtimiz Madriddagi bellashuvda olgan jarohati tufayli xalqaro turnirda jamoasiga ko‘p ham yordam bera olmadi.

Yuriy Vernidub shogirdlari guruhda faqatgina “Inter”ga har ikki uchrashuvni boy berdi. “Real” sharmandali mag‘lubiyat uchun Tiraspolda revansh oldi.

Guruh bahslarining so‘nggi turida “Shaxtyor” yana “Sherif”ni engolmadi va 1:1 hisobidagi durangga rozi bo‘ldi.

Umumiy hisobda etti ochko jamg‘argan “Sherif” Sharqiy Evropa vakillari o‘rtasida eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu borada ikkinchi o‘rinni besh ochko jamg‘argan Rossiya chempioni “Zenit” egalladi.

Ukrainaning ikki klubi uchun Evromavsum erta va muvaffaqiyatsiz tugadi. “Sherif” bilan bir kvartetda o‘ynagan “Shaxtyor”  guruh bahslarini g‘alabasiz yakunlab, atigi ikki ochko to‘pladi xolos.

Kievning “Dinamo”si esa oltita uchrashuvdan faqat bittasida durang qayd etib, o‘z guruhida oxirgi o‘rinda qoldi. Ayniqsa, kievliklar bu bahslarda atigi bitta gol urgan ukrainalik muxlislarning kayfiyatini tushirib yubordi.

Shu tariqa, Sharqiy Evropa jamoalarining birortasi Chempionlar ligasidagi ishtirokini davom ettirolmaydigan bo‘ldi. “Sherif” va “Zenit” Evropa ligasiga qo‘shiladi.

“Sherif” Evropa ligasiga yo‘llanma bilan birga 500 ming evroga ham ega bo‘ldi. Shu tariqa, Tiraspol klubining joriy mavsumda Evropa Chempionlar ligasidan topgan daromadi 23,8 million evroni tashkil qildi.

jasa

Umuman olganda, Chempionlar ligasi guruh bosqichida uchinchi o‘rin sohiblari bo‘lgan “Atalanta” (Italiya), “Barselona” (Ispaniya), “Borussiya” (Dortmund, Germaniya), “Zenit” (Rossiya), “Leyptsig” (Germaniya), “Portu” (Portugaliya), “Sevilya” (Ispaniya) Evropa ligasining o‘tish turnirida qatnashadi.

Ularga Evropa ligasida o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan “Betis” (Ispaniya), “Braga” (Portugaliya), “Dinamo” (Zagreb, Xorvatiya), “Latsio”, “Napoli” (Italiya), “Olimpiakos” (Gretsiya), “Real Sosedad” (Ispaniya) va “Reynjers” (Shotlandiya) futbolchilari raqiblik qiladi.

O‘tish uchrashuvlariga 13 dekabr kuni qur’a tashlanadi. O‘yinlar 17 va 24 fevralga belgilangan.

Evropa Ligasi g‘olibi 18 may kuni aniqlanadi.

Shomurodov va “Roma”ni jiddiy sinovlar kutmoqda

Birorta nashr Shomurodovni asosiy tarkibga loyiq ko‘rmadi, Mourino esa...

Yaxshiboev Chempionlar ligasi bilan xayrlashdi, lekin...

Shomurodovning hisobi bo‘sh...

Ana xolos! “Roma” Shomurodovdan kamroq yugurishni talab qilyapti!

“Roma”ni qutqarolmagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Shomurodov “Manchester Yunayted” futbolchisi bilan birga o‘ynaydi

Mourino eshityapsanmi, bu futbolchi Rimga bormaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!