Birorta nashr Shomurodovni asosiy tarkibga loyiq ko‘rmadi, Mourino esa...

  • 9 dekabr, 2021, 17:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun “Roma” Konferentsiyalar ligasining guruh bosqichida so‘nggi uchrashuvini o‘tkazadi. Rimliklar pley-off masalasini muddatidan oldin hal qilgan, biroq guruhda birinchi o‘rinni egallash uchun Bolgariyada TsSKA klubini engib, Norvegiyaning “Budyo-Glimt” jamoasi Ukrainada “Zarya” bilan to‘qnashuvda ochko yo‘qotishini kutishi kerak bo‘ladi.

Tecno

UEFA qoidasiga ko‘ra, ushbu turnirda guruh g‘oliblari nimchorak finalga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olsa, ikkinchi pog‘onani band etgan klablar Evropa ligasida o‘z kvartetida uchinchi o‘rinni egallagan klublar bilan o‘tish uchrashuvlarini o‘tkazadi.

1628978860_photo_2021-08-15_02-57-22

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino bolgariyaliklarga qarshi uchrashuvda bir necha futbolchilarga imkoniyat berishini bildirgan. Xususan, darvozani 24 yoshli braziliyalik posbon Daniel Fuzato qo‘riqlaydi.

Portugaliyalik mutaxassis ispaniyalik shogirdlari Gonsalo Vilyar va Borxa Mayoralga ham o‘yin amaliyoti berishini aytdi.

Italiya nashrlari bo‘lajak o‘yinda “Roma” qo‘llaydigan taktik sxemalar va taxminiy tarkibni tuzib chiqdi. E’tiborni tortadigan jihati, birorta nashr Eldor Shomurodovni boshlang‘ich tarkibga kiritmadi. Hamyurtimiz A Seriyaning “Inter”ga qarshi o‘tkazilgan oxirgi uchrashuvda to‘liq harakat qilib, o‘zini ko‘rsata olmagan edi. Qolaversa, Joze Mourinoning Borxa Mayoralga imkon berishini aytgani ham jurnalistlar tanloviga ta’sir qilgan ko‘rinadi.

Demak nashrlarning barchasi Mourino uch nafar himoyachi va  maydon markazida besh futbolchi bilan o‘ynashini taxmin qilmoqda. Asosiy o‘zgarish Shomurodov o‘ynaydigan oldingi chiziq vakillari orasida bo‘ladi.  

Matbuot vakillari quyidagi taktik sxema va tarkibni tanladi:

IL MESSAGGERO (3-5-2) - Fuzato; Manchini, Kumbulla, Ibanes; Karsdorp, Diavara, Kristante, Veretu, Vinya; Dzanolo, Abraxam.

LEGGO (3-5-1-1) - Fuzato; Manchini, Kumbulla, Ibanes; Karsdorp, Kristante, Veretu, Darbo, Kalafori; Dzanolo; Abraxam.

LA GAZZETTA DELLO SPORT, IL ROMANISTA, IL TEMPO (3-5-2) - Fuzato; Manchini, Kumbulla, Ibanes; Karsdorp, Diavara, Kristante, Vilyar, Vinya; Dzanolo, Abraxam.

CORRIERE DELLO SPORT (3-5-2) - Fuzato; Manchini, Kumbulla, Ibanes; Karsdorp, Diavara, Kristante, Vilyar, Vinya; Mayoral, Abraxam.

Qaysi nashrning taxmini to‘g‘ri chiqishini bir necha soatdan keyin bilib olamiz. Shu o‘rinda, Joze Mourino kutilmagan o‘zgarishlar qilishi ham juda ko‘p uchraydigan holat ekanini ta’kidlash o‘rinlidir.

461175

“Roma” MYuga 15 million bermoqchi

Rim klubi “Manchester Yunayted”dan Diogu Dalotni transfer qilish fikrida muqim turibdi. Portugaliyalik himoyachi Mourino manchesterliklarni boshqargan davrda uning qo‘l ostida o‘ynagan.

Qolaversa, Dalot o‘tgan mavsum ijara asosida “Milan” sharafini himoya qildi va Italiya futboliga ancha moslashib olgan.

Dalot premer-liganing oxirgi ikki uchrashuvida maydonga tushdi. Yangi bosh murabbiy Ralf Rangnik barcha o‘yinchilar qatori uning ham nimalarga qodirligini shaxsan sinab ko‘rmoqchi.

“Roma” rahbariyati iste’dodli yarim himoyachini qishda ijaraga olib, mavsum yakunlangach, uni 15 million evroga to‘liq transfer qilishni rejalashtirmoqda.

1626870054_dalot6

Bizga bu turnir kerak

“Roma” yarim himoyachisi Ebrima Darbo UEFA telekanaligi intervyu berib, Konferentsiyalar ligasining ahamiyati haqida gapirdi.

- Maqsadimiz, ushbu musobaqada uzoqroq borish va bosh sovrinni qo‘lga kiritish uchun bor kuchimizni sarflash. Maqsadimiz sari intilishda davom etamiz.

Mourinodek murabbiyga ega bo‘lish juda yoqimli, u faoliyati davomida qanday yutuqlarga erishganini barchamiz yaxshi bilamiz. Uning qo‘l ostida o‘ynayshdan faxrlanaman.

Men har doim o‘z imkoniyatlarimning eng yuqori chegarasigacha mehnat qilishga urinaman. Chunki murabbiyga har qanday vaziyatda ham o‘ynashga tayyorligimni ko‘rsatishim kerak. Bu Mourino uchun juda muhim. U barchamizni 200 foiz tayyor bo‘lishimizni talab qiladi. Uning qo‘llab-quvvatlashini his qilib turaman va bu men uchun juda muhim jihat, - dedi Ebrima Darbo.

GettyImages-1235689822

Mourino tanlovda adashdi, bu hujumchi o‘z ishining ustasi emas!

Mourino Shomurodovning raqobatchisini tanladi!

“Roma” natija ko‘rsata olmayotgan Mourino bo‘yicha yakuniy qarorga keldi!

Yaxshiboev Chempionlar ligasi bilan xayrlashdi, lekin...

Shomurodovning hisobi bo‘sh...

Ana xolos! “Roma” Shomurodovdan kamroq yugurishni talab qilyapti!

“Roma”ni qutqarolmagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Shomurodov “Manchester Yunayted” futbolchisi bilan birga o‘ynaydi

Mourino eshityapsanmi, bu futbolchi Rimga bormaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Xumoyun Yarashev
09/12/2021 18:09
Shoma bu kunlayam o'tib ketadi