Yaxshiboev Chempionlar ligasi bilan xayrlashdi, lekin...

  • 7 dekabr, 2021, 18:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun tungi soat 01:00 da “Sherif” jamoasi Chempionlar ligasining guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvini Ukrainada “Shaxtyor”ga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

Moldova klubi guruh bahslari yakunlanmasidan o‘z kvartetida uchinchi o‘rinni olishi ma’lum bo‘lib ulgurgan. Tiraspolliklar musobaqaning pley-off bosqichiga chiqa olmagan bo‘lsa-da, UEFAning ikkinchi turniri – Evropa ligasida ishtirokini davom ettiradi.

“Sherif” bosh murabbiyi Yuriy Vernidub “Shaxtyor”ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib, jamoasi nega guruhdan chiqa olmaganini aytdi.

large (2)_9

- Afsuski, biz ham, “Shaxtyor” ham Chempionlar ligasini davom ettira olmaymiz. Lekin biz Evropa ligasining 1/16/ bosqichida qatnashishimizdan xursandmiz.  Har bir o‘yindan oldin shogirdlarimga bir so‘zni takrorlayman: Maydonga chiqib, futbol o‘ynang va rohatlaning.

Aslida guruh bahslarini yaxshi  boshladik va ikkita uchrashuvda yutdik. Lekin hissiyotlarimiz junbushga kelganiga qaramay, bizni nimalar kutayotganini bilardik. Etakchi o‘yinchilarimizning jarohatlari pand berdi, ularning o‘rnini bosadiganlarini topa olmadik. Bular kelajak uchun dars bo‘ldi.

Ukrainaga jarohatini davolatayotgan Jasur Yaxshiboevni olib kelmadik, - dedi Yuriy Vernidub.

Jasur Yaxshiboev aynan Chempionlar ligasi guruh bosqichi oldidan “Sherif”ning hujumkorligini oshirish uchun Polsha chempioni “Legiya”dan mavsum oxirigacha ijaraga olingan edi. Yuriy Vernidub legionerimizni Belarus chempionatidagi o‘yinlari orqali yaxshi biladi.

Tajribali murabbiyning bu ishi o‘zini oqladi. Jasur nufuzli musobaqaning guruh bosqichida “Santyago Bernabeu” stadionida gol urib, “Real” ustidan qozonilgan tarixiy g‘alabaga poydevor qo‘ydi. Biroq o‘sha o‘yinda hamyurtimiz shikastlandi va shundan beri jarohatidan to‘liq qutila olmayapti.

Jasur Yaxshiboev Chempionlar ligasining guruh bosqichida uchta uchrashuvda ishtirok etdi. Shuningdek, futbolimiz Moldova chempionatida oltita bellashuvda qatnashib, bitta gol va uchta golli pas muallifi bo‘ldi.  Moldova kubogida bir marta maydonga tushdi.

Endi “Sherif” Evropa ligasida o‘ynaydi. UEFA qoidasiga ko‘ra, Chempionlar ligasi guruh bahslarida uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar Evropa ligasi guruhlarida ikkinchi o‘rin sohibi bo‘lgan klublar bilan nimchorak finalga chiqish uchun uy-safar tizimida o‘zaro kuch sinashadi.

“Sherif” o‘z guruhida muddatidan oldin uchinchi o‘rinni naqd qildi va Evropa ligasiga yo‘llanma bilan birga 500 ming evroga ham ega bo‘ldi. Shu tariqa, Tiraspol klubining joriy mavsumda Evropa Chempionlar ligasidan topgan daromadi 22,87 million evroni tashkil qildi.

Endi “Sherif” guruhdagi so‘nggi uchrashuvni safarda “Shaxtyor”ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs g‘olibi yana 2,8 million evroni qo‘lga kiritadi. Durang qayd etilsa, jamoalar 930 ming evrodan qo‘shimcha pul oladi.

Jasur Yaxshiboev jamoasi Evropa ligasi pley-offidagi raqibini 13 dekabrga belgilangan qur’a marosimida bilib oladi.

Yana bir ma’lumot shundan iboratki, Yaxshiboev yanvarda jamoasini o‘zgartirishi ham mumkin. Yaqinda futbolchimiz “Futbol” telekanalidagi “Offside” ko‘rsatuvi mehmoni bo‘lib, kelgusi rejalari borasida fikr bildirdi.

photo_167687

- Menda hozir 2-3 ta variantlar bor. Hozir ochiqchasiga qaysi klublar ekanligini ayta olmayman. Barchasi aniq bo‘lsa keyin gapirish mumkin.

Qaysi davlat? Portugaliyadan! Ushbu mamlakat chempionatida kuchli uchlikda yuradigan klub. Ya’ni, “Portu”, “Benfika”, “Sporting” kabilardan biri.

Bundan tashqari boshqa jamoalardan ham takliflar bor. Lekin hammasi kishki transferlar davrida oydinlashadi. Shu payt boshqa jamoaga o‘tishim mumkin. “Legiya” baribir meni yaxshi taklif bo‘lsa sotadi.

Transfermarktdagi narxim 750 ming evro. Biroq sotadigan va oladigan tomon o‘zaro kelishib, narx belgilaydi. Bu uzog‘i 2 million evrogacha bo‘lishi mumkin, - dedi Yaxshiboev.

Shomurodovning hisobi bo‘sh...

Ana xolos! “Roma” Shomurodovdan kamroq yugurishni talab qilyapti!

“Roma”ni qutqarolmagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Shomurodov “Manchester Yunayted” futbolchisi bilan birga o‘ynaydi

Mourino eshityapsanmi, bu futbolchi Rimga bormaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sattorov Xayriddin
07/12/2021 13:18
Exxxx afsus yaxwibayev