
Yaxshiboev "Legiya"da nima sababdan maydonga tushmayotgani ma’lum bo‘ldi
Bugun hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev faoliyat olib boradigan "Legiya" jamoasi o‘z mamlakat chempionati doirasida "Varta" klubiga qarshi bahs olib boradi. SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Yaxshiboev mazkur bellashuvda ishtirok etmaydi.
"Bo‘lajak bahsda jamoamizga Igor Levchuk, Ariel Mosor, Marko Vesovich, Joel Valensiya va Jasur Yaxshiboev yordam bera olmaydi. Jasur kelgusi hafta tiklanish mashqlarini boshlaydi va shundan so‘ng, jamoaviy mashg‘ulotlarga qo‘shiladi.
Aslini olganda, uning jarohati u qadar jiddiy emas edi. Ammo tavakkal qilishni istamadik. Formaga kirib olishi uchun qancha vaqt kerak? Oldindan biror narsa deb bo‘lmaydi", - dedi "Legiya" bosh murabbiyi Cheslav Mixnevich.
Fikrlar