
Yaxshiboev to‘purarlar bahsida yakka peshqadam!
Belarus chempionatida “Energetik-BGU” sharafini himoya qilayotgan o‘zbek futbolchisi Jasur Yaxshiboev golsiz seriyasiga barham bera oldi.
Chempionatning 15-turida hamyurtimiz “Slaviya Mozir” darvozasiga ikkita to‘p kiritdi va ikki marta jamoadoshlariga golli pas uzatdi. Uchrashuv 5:0 hisobida yakunlandi.
Jasur Yaxshiboev 23 maydan buyon gol ura olmayotgan edi. Uning golsiz seriyasi to‘rtta o‘yindan iborat bo‘ldi.
Ayni paytda 14 ta uchrashuvda to‘qqizta gol urgan hamyurtimiz chempionat to‘purarlari bahsida yaqqol peshqadamga aylandi.
Uning ta’qibchilari Ion Nikolaesku (“Vitebsk”), Gegam Kadimyan (“Neman”), Vitaliy Lisakovich (“Shaxtyor”) va Pavel Nexaychik (BATE) hisobida ettitadan gol bor.
Fikrlar