Yaxshiboevda chempionlik uchun so‘nggi imkon. "Shaxtyor"ning mavsumdagi so‘nggi o‘yinini jonli efirda tomosha qiling

  • 28 noyabr, 2020, 16:04
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Belarus Oliy ligasida so‘nggi, 30-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev faoliyat olib boradigan "Shaxtyor" jamoasi o‘z maydonida "Minsk" klubini qabul qilmoqda.

Tecno

Yaxshiboev odatdagidek uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Soligorskliklar etakchisiga aylangan Jasur Yaxshiboevda Belarus chempionligiga erishgan o‘zbek futbolchisi sifatida tarixdan joy olish uchun juda yaxshi imkoniyat bor.

Buning uchun “Shaxtyor” birinchi navbatda o‘z uyidagi uchrashuvda g‘alaba qozonishi kerak. “Shaxtyor” raqibni tiz cho‘ktirgan taqdirda poytaxtdan xabar kutadi. Soligorskliklar maqsadiga erishishi uchun “Dinamo-Minsk”ning yordami kerak. Ular  o‘z maydonida chempionat peshqadami BATEni to‘xtatib qolishi kerak. Aslida “Shaxtyor”ni ham “taxt”dan ag‘dargan mana shu “Dinamo-Minsk” bo‘ladi. 26-turda bu jamoa Soligorskda kichik hisobda g‘alaba qozonganidan keyin, BATE musobaqa jadvalining eng yuqori pog‘onasida “Shaxtyor”ning o‘rnini egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bek Mahdiy
28/11/2020 17:57
Шахтер чемпион булди яхшибоев Белоруссии чемпиони