Yaxshiboev faoliyatini Polshada davom ettirishi mumkin

  • 15 aprel, 2020, 15:37
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ijara asosida Belarusning "Energetik-BGU" klubida to‘p surayotgan Jasur Yaxshiboev faoliyatini Polshada davom ettirishi mumkin. Weszlo.com sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, hamyurtimizga "Rakuv" jamoasi qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Ma’lumot uchun, transfer huquqi "Paxtakor"ga tegishli bo‘lgan Yaxshiboev joriy mavsum Belarus chempionatida 4  bahsda maydonga tushdi va 3 ta gol bilan to‘purarlar bahsida 1-o‘rinda bormoqda.

Qayd etish joiz, "Rakuv" klubi 2018/19 yilgi mavsum Polsha Birinchi ligasida g‘olib bo‘lib, Ekstraklasaga chiqqan. Joriy mavsum chenxstovliklar 26 uchrashuvda 36  ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 9-o‘rinda borishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бозатау
15/04/2020 18:33
Хозирча Жасурнинг ишлари яқши кетяпти шундоқ болсин