Yil yakuniga qadar tashkil etiladigan professional boks olamidagi super janglar bilan tanishing!

  • 9 noyabr, 2022, 12:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

2022 yil ham tobora o‘z yakuniga etib bormoqda. Albatta, joriy yil professional boks olamida juda ko‘p muhim janglar bo‘lib o‘tdi.
Oldinda yana bizni bir qator super to‘qnashuvlar kutib turibdi. Quyida, yil yakuniga qadar tashkil etiluvchi ajoyib janglar anonsi bilan tanishtiramiz.

                                                          26 noyabr (London, Uembli Arena)

Dillian Uayt (Buyuk Britaniya, 28-3, 19 KO) - Jermeyn Franklin (AQSh, 21-0, 14 KO)

Og‘ir vazn toifasida tashkil etiluvchi ushbu to‘qnashuvda favorit sifatida Dillian Uayt e’tirof etilmoqda. Albatta, u tajriba bobida raqibidan ustunroq. Qolaversa, jang vatanida o‘tkaziladi. Shu jihatdan qisman Uaytda imkoniyat yuqoridek, ammo Franklin hali mag‘lubiyatga uchramagan va raqibiga nisbatan 6 yosh kichik. U 29 yoshda Uayt esa 35 bahorni qarshi olgan. Albatta, og‘ir vazn toifasida yosh biroz nisbiyroq tushuncha hisoblanadi. Shunday bo‘lsada, g‘alabaga chanqoq va mag‘lubiyatsiz Franklinni yaqqol "autsayder" deyishga shoshilmaslik kerak nazarimda. Qisqasi, qiziqarli jangni guvohiga aylanmiz!

dil_2

                                                             3 dekabr (Tottenxem Xotspur, Buyuk Britaniya)

                                        Tayson Fyuri (Buyuk Britaniya, 32-0-1,23 KO) - Derek Chisora ( Yuuyuk Britaniya, 31-11,21 KO)

Yana bir og‘ir vazn toifasidagi qarama-qarshilik ham Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tadi va unda ikki britan bokschisi to‘qnash keladi. Fyuri hamda Chisora o‘rtasida trilogiya tashkil etiladi. Undan avval ular ikki bor bahs yuritishgan va barchaga ma’lumki, har ikkisida "Lo‘lilar qiroli" deya e’tirof etiluvchi, Fyuri g‘alaba qozongan. E’tiborli jihati, ushbu bahs WBC chempionlik kamari uchun o‘tkaziladi. Mazkur titul esa Tayson Fyuriga tegishli... Ochig‘i bu jangda Chisoraning imkoniyati juda past, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Biroq, bu professional boks va unda mo‘jizalar bo‘lib turadi. Ayniqsa, og‘ir vazn toifasida!

fyuri

                                                           3 dekabr (Tottenxem Xotspur, Buyuk Britaniya)

                                                 Daniel Dyubua ( Buyuk Britaniya, 15-1,15 KO) - Kevin Larena (24-1, 11 KO)

Fyuri-Chisora anderkardidan o‘rin olgan, yana bir qiziqarli jang ham og‘ir vazn toifasida tashkil etiladi. Ya’ni, mezbon Daniel Dyubua Janubiy Afrika vakili Kevin Larena bilan kuch sinashadi. Mazkur to‘qnashuv WBA Regular chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tadi. Larenani uy bokschisi sifatida ta’rif etish mumkin. Chunki,22 ta jangini o‘z vatanida o‘tkazgan. Albatta, titul Dyubuaga tegishli va da’vogar sifatida Larena unga qarshilik ko‘rsatishga urinadi. Bir so‘z bilan aytganda yaxshigina saviyadagi boksni kuzatishimiz mumkin bo‘ladi.

imad


                                                               3 dekabr (Buyuk Britaniya, Tottenxem Xotspur)
                                                  Ivan Mendi (Frantsiya, 42-5-1, 21 KO) - Denis Berinchik (16-0,9 KO)

Engil vazn (61,2 kg) toifasidagi ushbu qarama-qarshilik ham boks ixlosmandlarini aslo zeriktirib qo‘ymasligi tayin. Ushbu bahs ham o‘ziga xos chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tadi. Ya’ni, o‘rtaga EBU (Evropa chempionlik kamari) tituli qo‘yilgan.

ivan


                                                                   10 dekabr (AQSh, Omaxa )

                                                 Terens Krouford (AQSh, 38-0,29 KO) - David Avanesyan (Rossiya, 29-3-1,17 KO)

Yarim o‘rta vazn (66, 7 kg) toifasi etakchilaridan biri, professional boks olamining tom ma’nodagi yulduzi Terens Krouford o‘ziga tegishli bo‘lgan, WBO chempionlik kamarini kutilmganda rossiyalik Avanesyandan himoya qiladigan bo‘ldi. Vaholanki, u Errol Spens bilan chempionlik kamarlarini birlashtiruvchi jangda ringga ko‘tarilishi mumkinligi haqida ko‘p gapirilgandi. Albatta, Krouford ushbu bahsda yaqqol favorit sanalsa-da, u ishtirokidagi janglar har doim qiziqarli bo‘lgan. Shunday ekan, bu jangni ko‘rish uchun vaqt yo‘qotganingizga achinmaysiz.

kro

                                                                       10 dekabr (AQSh, Nyu-York)
                                                     Teofimo Lopes (AQSh, 17-1,13 KO) - Xose Pedrasa (28-3-1,13 KO)

Super engil vazn (63,5 kg) toifasida tashkil etiluvchi jang Vasiliy Lomachenkoni mag‘lub etib, katta shov-shuvga sabab bo‘lgan va Jorj Kambososga mag‘lub bo‘lib, barchani hayratda qoldirgan, Teofimo Lopes ishtirokida bo‘ladi. Engil vazn toifasidan bitta yuqoriga ko‘tarilgan Lopes Puerto-Riko vakili "Snayper" nomi bilan mashhur Xose Pedrasaga qarshi ringga ko‘tariladi. Nazarimizda bu to‘qnashuv ham juda shiddatli tarzda o‘tadi. Ushbu bahsni ham o‘tkazib yubormaslikni tavsiya qilamiz!

ped

                                                                           13 dekabr (Yaponiya, Tokio)
                                                          Naoya Inoue (Yaponiya, 23-0,20 KO) - Pol Batler (Buyuk Britaniya,17-1, 8 KO)

53,5 kg vazn toifasida mutlaq chempionlik kamari (WBC, WBA,WBO, IBF) uchun tashkil etiladigan ushbu to‘qnashuv ham tomosha qilishga arzigulik bahs bo‘ladi, deb bemalol ayta olamiz. Zero, yaponiyalik "Monstr" ishtirokidagi har bir jang chiroyli tarzda bo‘lib o‘tadi. Albatta, bu jangda yaqqol favorit bor va u Inoue! Ammo, yuqoridagi fikr boksda har qanday holatlar uchrab turadi. Shunday ekan mazkur jang qanday yakunlanishini 13 dekabr kuni bilibyu olamiz!

bat

Xullas, bu hozirga qadar, ma’lum bo‘lib ulgurgan janglar. Voqealar rivoji o‘zgarib, yana super janglar snasi yil yakuniga qadar belgilanishi mumkin. Bu borada esa, albatta Sports.uz sayti orqali boxabar qilib boramiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!