Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasi taklifini rad etdi

  • 13 avgust, 16:36
  • Bilolbek Imomov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sport Bild" nashrining xabariga ko‘ra, sobiq Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov 2026 yilgi Jahon chempionatiga chiqqaniga qaramay, O‘zbekiston terma jamoasini boshqarish taklifini qabul qilmadi.

Tecno

65 yoshli mutaxassis 2021 yilda Germaniya terma jamoasidan ketganidan so‘ng murabbiylikka qaytishini ta’kidlab kelmoqda va hali nafaqaga chiqishni rejalashtirmayapti. U o‘z obro‘si va tajribasiga mos loyihaga qo‘l urishni istamoqda.

Mahalliy futbol assotsiatsiyasi jamoani Timur Kapadzeni almashtirish uchun taniqli murabbiyga ishonishni maqsad qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Lyov 2014 yilgi Jahon chempionati va 2017 yilgi Konfederatsiyalar kubogida Germaniyani g‘oliblikka olib chiqqan.

Shuningdek, hozircha O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi nomi ham ma’lum emas", - deya xabarda qo‘shimcha qilinmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кенжаев Мажид
13/08/2025 16:50
Олдингдан оккан сувни кадри йук, Тимур Кападзега Левга берадиган маблагни ярмини берсангиз, жахон чемпионатида 16 талик ичида албатта буламиз!
Baxil Alihuja
13/08/2025 18:43
гап мураббийда эмас!
хамма гап УФА рахбариятида!
ташкилий ишлар тугри режаланса, йигитлар узига ишончи булса, юлдузлик касали булмаса хатто жахон чемпиони булиш мумкин!
лекин бизда хатто коррупцияни хатто дхх йукота олмаяпди