Yo‘ldoshev: "Klubim men qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..."

  • 19 aprel, 2024, 00:11
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda Qatarda 23 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Osiyo kubogi bo‘lib o‘tmoqda. Terma jamoamiz himoyachisi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev 1-tur o‘yinlaridan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Osiyo chempionati doimo yaxshi saviyadagi jamoalar ishtirok etadi. O‘zbekiston ham yaxshi o‘ynab kelgan. Kechagi o‘yinga kelidigan bo‘lsak, har doim birinchi o‘yin qiyin bo‘ladi. Malayziya yaxshi jamoa ekan. Ajoyib harakat qilishdi va buni to‘pni nazorat qilishidan ko‘rsangiz bo‘ladi.
Yig‘inga qo‘shilishim juda qiyin bo‘ldi. Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emas edi. Ikki uch marta O‘FA murojaat qilishdi. Lekin rad etildi. 20 apreldan keyin qo‘yib yubormoqchi bo‘lishdi. Federatsiya oxirigacha borib, buni hal qildi hamda 14 apreldan kelib qo‘shildim. 
Asosiy tarkibda o‘ynayotganim sabab qo‘yib yuborishni xohlamagani tabiiy edi. Musobaqaga kelishimga ko‘maklashgani uchun O‘FAga rahmat aytaman", - dedi Yo‘ldoshev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!