Yomg‘ir ostida o‘tgan Superkubok haqida

  • 28 may, 10:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘yin barchaning diqqat e’tiborida bo‘ldi. Bitta o‘yindan iborat bo‘lgan uchrashuvda qaysidir jamoa sovrin yutish imkoniyatiga ega edi. “Nasaf” o‘tgan mavsumning amaldagi chempioni, “Andijon” esa Kubok sohibi sifatida “Bunyodkor” stadionida to‘qnash kelishdi.

Tecno

O‘zPFL esa har doimgidek tashkiliy tomonlama juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani sezilib turdi. O‘yin boshlanmasidan yomg‘ir yog‘ishni boshladi va superkubok bahs tugaguncha jamoalar yomg‘ir ostida futbol o‘ynadilar. Bu haqiqiy inglizcha futbolni eslatib yubordi. Stadiondagi muhit esa shunchaki ajoyib edi.

Har ikkala jamoa ishqibozlari stadionda ajoyib muhitni yaratdilar. Lekin “Ultras Burgut” boshchiligidagi "Andijon" ishqibozlari raqib muxlislarisidan son jihatdan ko‘p edi va qo‘llab-quvvatlash borasida ham faollik ko‘rsatishdi. 

O‘yin ham yaxshi boshlandi. “Andijon” kuchli raqibga qarshi jang taklif qildi. Ilk daqiqalardanoq hujumkor o‘yin ko‘rsatishga kirishgani ko‘p narsadan dalolat berardi. Faqat bu uchrashuv taqdirini birgina gol hal qildi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida bosh hakam VAR bilan suhbatlashgach, "Andijon" darvozasiga penalti belgiladi va buni Xusayn Norchaev golga aylantirdi.

“Andijon” birinchi bo‘limda ham, ikkinchi bo‘limda ham raqib darvozasi oldida golga tortadigan vaziyatlarni yaratdi. Faqat omad etishmadi, xolos. Kerak paytda bosim uyushtirdi va tezkorlik ko‘rsata oldilar. Muhimi, futbolchilarda ishtiyoq, shijoat yaqqol ko‘rinib turdi. Maksim Shatskix qisqa fursat ichida jamoa o‘yinida ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirayotgani o‘yin strategiyasidan bilinib turibdi. "Nasaf" esa ushbu muhim o‘yinda o‘zi uchun kerakli natijani ta’minlay oldi.

Natijada Ro‘ziqul Berdiev va uning jamoasi yana bir bor O‘zbekiston Superkubogini boshi uzra ko‘tardilar.

“Nasaf” – “Andijon” – 1:0 (0:0).

27 may. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 13205 tomoshabin.

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin.

Zaxira hakami: Abdurashid Xudoyberganov

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Ma’mur Sultonov

“Nasaf”: Abduvohid Ne’matov, Alibek Davronov, G‘olib G‘aybullaev, Umar Eshmurodov, Shuhrat Muhammadiev (Zafarmurod Abdirahmatov, 90+2), Akmal Mozgovoy, Sharof Muhitdinov (Sherzod Nasrullaev, 65), Stefan Cholovich (Rubin Xebay, 65), Oybek Bozorov, Dragan Cheran (Igor Golban, 90+2), Xusayn Norchaev.

“Andijon”: Valijon Rahimov, Islom Mamatkazin, Abdulvohid G‘ulomov, Usmonali Ismonaliev, Luka Uskokovich, Altin Kreziu (Mirzad Mexanovich, 75), Muhammadkarim Toirov, Ilhom Abdug‘aniev (Damir Temirov, 75), Bektemir Abdumannonov, Doniyor Abdumannopov, Islam Mashukov (Rustam Turdimurodov, 71).

Gol: Xusayn Norchaev, 72-pen. – 1:0.

Ogohlantirishlar: Akmal Mozgovoy, 25. Dragan Cheran, 90 – Usmonali Ismonaliev, 70. Abdulvohid G‘ulomov, 80.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!