
Yosh atletlarimiz o‘zaro bahslashadi
Poytaxtimizda engil atletika bo‘yicha 2003-2004 va 2005-2006 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Toshkent shahar birinchiligi o‘tkaziladi.
12 yanvar kuni start oladigan ushbu musobaqa O‘zbekiston engil atletika federatsiyasi tomonidan o‘tkazilmoqda. Unda yosh atletlar turli masofalarga yugurish, uzunlik va balandlikka sakrash, yadro uloqtirish hamda to‘siqlar osha yugurish bo‘yicha bahslashadi.
Musobaqa Respublika olimpiya zaxiralari kollejining engil atletika manejida o‘tkaziladi.
Fikrlar