
Yosh dzyudochilar O‘zbekiston chempionligi uchun kurashishmoqda
Ayni kunlarda Qarshi shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan yosh dzyudochilar o‘rtasidagi bahslar o‘zining murosasizligi bilan muxlislarning yodida qolmoqda.
MOQning xabar berishicha, musobaqaning birinchi kunida engil vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlab olindi. Shohsupaga ko‘tarilgan sportchilar ro‘yxati esa quyidagicha:
-55 kg vazn toifasi
1. Asad Obidov (Buxoro)
2. Ilhom Parmonov (Samarqand)
3. Timur Abishev (Toshkent shahri)
3. Oybek Usmonov (Andijon)
–60 kg vazn toifasi
1. Bobur Vadjiev (Toshkent viloyati)
2. Elbek Abduvohidov (Samarqand)
3. Shahzod Ochilov (Buxoro)
3. Quvonch Egamberdiev (Toshkent shahri)
-66 kg vazn toifasi
1. Dilshodbek Yo‘ldoshev (Qashqadaryo)
2. Zufar Ergashev (Toshkent viloyati)
3. Bahrom Boyqulov (Toshkent shahri)
3. Bahromjon Mashrapov (Andijon)
Fikrlar