Yosh dzyudochilarimiz xalqaro musobaqada 3 ta medal olishdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Belarusning Gomel shahrida dzyudo bo‘yicha an’anaviy “Prayd Kubogi” nomli musobaqa bo‘lib o‘tdi. 13 va undan kichik yoshdagi bolalar o‘rtasida tashkil qilingan musobaqada 11 mamlakatdan tashrif buyurgan yosh dzyudochilar ishtirok etishdi, deya xabar bermoqda MOQ. 

1000 nafarga yaqin yoshlarni o‘zida jam qilgan turnirda bizning vakillarimiz ham yuqori natijalarni qo‘lga kiritdilar. Musobaqada terma jamoamizga O‘lmas Gulliev rahbarlik qildi.

Natijalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Inom Bahodirov o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Ubaydullo Botirov hamda Inoyatullo Telmonov shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilishdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!