Yosh taekvondochilarimiz Qozog‘istonda muvaffaqiyat qozonishdi

CHERY AUTO

16-17 iyun kunlari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida taekvondo WT yo‘nalishi bo‘yicha kichik o‘smir yoshidagi sportchilar o‘rtasida xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan Toshkentning “Tornado” taekvondo klubi 8 nafar sportchi bilan qatnashib, yuqori natija qayd etdi.

Tecno

Turli belbog‘ va yosh toifasiga qarab klassifikatsiya qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha yosh taekvondochilarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Musobaqa davomida Islomjon O‘ktamjonov, Shohjahon Jahongirov, Ahmadjon Solihov, Shamsiddin Murodullaev va boshqa yigitlarimiz o‘zlarining yuqori texnikasi bilan ajralib turishdi.

ahror2

“Bu “Chellenjer” yo‘nalishidagi xalqaro musobaqa bo‘lib, unda iqtidorli yosh sportchilar ishtirok etishadi. Shogirdlarimiz bu yil ham o‘zlarining nimalarga qodir ekanliklarini ko‘rsatib berishdi. Qolaversa, bu turnir orqali yosh taekvondochilarda xalqaro tajriba olish jihati ham bor. Musobaqa yakunlangach hozir Olma-otadagi taekvondo klublari bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazib, o‘zaro tajriba almashmoqdamiz. Qolaversa, bu yil so‘ngida terma jamoa tarkibidan joy olish uchun o‘tkaziladigan mamlakat birinchiligiga ham tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi”, – deydi “Tornado” klubi murabbiyi Axror Asrorov.

Sportchilarimiz 20 iyun kuni Toshkentga qaytib kelishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!