Yosh voleybolchilarimizga faqat mezbonlar bas keldi

CHERY AUTO

Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Armanistonda o‘tgan “Yerevan Mayor’s Cup-2025” xalqaro turnirida muvaffaqiyatga erishdi.

Tecno

Ilk bor xalqaro musobaqada ishtirok etgan yosh voleybolchilarimiz Erevan sport maydonida kechgan bahslar davomida to‘rtta davlat jamoalari bilan kuch sinashdi.

Texnik-taktik jihatdan munosib o‘yin namoyish etgan O‘zbekiston U-16 terma jamoasi finalga qadar o‘tgan barcha o‘yinlarda g‘alabaga erishdi.

1-o‘rin uchun kechgan bahsda yoshlarimiz Armaniston jamoasi bilan ro‘baro‘ keldi.

Teng kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvda o‘z uyingda devorlar ham qo‘llaydi, deganlaridek mezbonlar 1-o‘rinni, O‘zbekistonning yosh voleybolchilar jamoasi 2-o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!