Yosh yulduz “Barsa” va “Real”ga o‘tishni rad etdi
“Benfika”da porlayotgan chap qanot himoyachisi Alvaro Karreras Portugaliya klubiga sodiq ekanini namoyish qildi.
Iste’dodli yosh o‘yinchiga “Real” va “Barselona” kabi qudratli klublar ko‘z tikayotgan edi. Biroq Alvaro hozirgi jamoasidan ketishga shoshilmasligini ta’kidladi.
Karreras Evropa Chempionlar ligasi doirasida “Barselona”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda salohiyatini namoyish eta oldi. Shu o‘yindan keyin grand klublar bu himoyachiga jiddiy e’tibor qarata boshladi.
- Men “Benfika”da baxtiyorman. Bu jamoa menga o‘sish imkoniyatini berdi va ulardan umrbod qarzdorman, - dedi Alvaro Karreras.
“Benfika” mutasaddilari yosh o‘yinchi bilan 2029 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma tuzgan. Bitimda o‘yinchini olmoqchi bo‘lgan klub 50 million evro miqdorida badal puli to‘lashi kerakligi aniq qilib belgilab qo‘yilgan.
Fikrlar