Yoshi "urilgan", deb iddao qilingan Mukoko klubi bilan shartnomani uzaytirdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Borussiya" Dortmund klubi futbolchisi Yussufa Mukoko jamoa bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, hujumchi 2026 yilga qadar dortmundliklar safida qoladi. Uning shartnomasi o‘sha yilning iyun oyigacha amal qiladi. 

Avvalroq, uning xizmatlariga "Barselona" jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar chiqqandi. Shuningdek, u yoshini kichiklashtirgani to‘g‘risida ham xabarlar tarqalgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!