Yoxanna Konta bosh sovrinni ko‘zlamoqda
Britaniyalik tennischi Yoxanna Konta Marokashda o‘tayotgan musobaqaning chorak final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Yoxanna ushbu bosqichda tayvanlik Se Su-Veyni uch setda 6:7, 6:4, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo‘l oldi.
Endi Konta Rabat shahri mezbonlik qilayotgan turnirning final bosqichiga chiqish uchun avstraliyalik Ayloy Tomlyanovichga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar