
Yozda "Chelsi"ni 4 nafar futbolchi tark etadi
Londonning "Chelsi" klubi mavsum yakunlangach bir qator futbolchilari bilan xayrlashmoqchi.
The Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” Pedro, Villian, Olive Jiru va Mishi Batshuayilarning xizmatlaridan voz kechishmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, Pedro, Villian va Jiruning shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va shu sababli ham ular jamoani erkin agent sifatida tark etishlari mumkin. Batshuayining shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan va shu sababli ham uning transferidan “Chelsi” pul ishlab olishi mumkin.
Fikrlar