Yozda ketaman! Erling Xoland “Siti”ni qo‘rqityapti

  • 18 mart, 13:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsum “Manchester Siti” uchun qiyin o‘tmoqda. Jamoa chempionlikni qo‘ldan chiqarib bo‘ldi. Yagona maqsad – Evropa Chempionlar ligasining kelasi mavsumiga yo‘llanma olish.

Biroq bunga erishish oson bo‘lmaydi. Jamoa to‘g‘ridan to‘g‘ri raqiblari bilan to‘qnashuvda g‘alaba qozona olmayapti.

Natijalarning pasayishi ortidan “Manchester Siti” yozda katta yo‘qotishga yuz tutishi mumkin. El Nacional nashrining ma’lum qilishicha, Erling Xoland jamoa ko‘rsatkichlaridan norozi va ketish haqida bosh qotira boshladi.

Klub bilan 2034 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomani yaqindagina imzolagan 24 yoshli forvard agar jamoa mavsum yakuniga ko‘ra, Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, Manchesterda qolmaydi.

Agar vaziyat shu darajada etib borsa, norvegiyalik to‘purar “Real” safiga qo‘shilishi kutilmoqda. PSJ zaxira varianti sifatida tanlangan. Biroq Xoland uchun Frantsiya chempionati u qadar maqbul liga emas.

Xoland joriy mavsumda barcha turnirlarda 38 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 29 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga to‘rtta golli pas uzatdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!