Yozda "Manchester Siti"ning olti futbolchisi jamoadan ketishi mumkin

  • 16 iyun, 2023, 18:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda “Manchester Siti”ning 6 nafar futbolchisi jamoani tark etishi mumkin.

Himoyachi Kayl Uoker yakunlangan mavsumda o‘yin vaqti kamligidan norozi bo‘lgani uchun jamoani tark etishi mumkin, deb xabar beradi "The Athletic" nashri. Qolaversa, Kayl Chempionlar ligasi finalida “Man Siti” tarkibida asosiy tarkibga kira olmaganidan xafa bo‘ldi.

Shuningdek, mavsumning ikkinchi yarmini “Bavariya”da ijara asosida o‘tkazgan himoyachi Joau Kanselo ham jamoani tark etishi mumkin.

Katta ehtimol bilan jamoani markaziy himoyachi Emerik Lyaport ham tark etadi, u jarohatlardan so‘ng endi asosiy tarkibga kira olmayotgani uchun jamaosini o‘zgartirishni xohlaydi.

Ilkay Gyundoganning kelajagi noma’lumligicha qolmoqda. Unga "Barselona" va boshqa klublar qiziqish bildirmoqda. Malumki, Germaniyalik futbolchisi Saudiya Arabistoni klublari qiziqishiga qaramay, bu variantni ko‘rib chiqmaydi.

Qolaversa, PSJ qiziqayotgan Bernardu Silva ham jamoani tark etishi mumkin.

Katta ehtimol bilan faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishga tayyor bo‘lgan vinger Riyod Mahrez "shaharliklar" jamoasini tark etadi. Jazoirlik futbolchi ham o‘yin vaqtidan norozi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!