
Yozda shartnomasi tugaydigan eng qimmat futbolchilardan tuzilgan jamoa bilan tanishing
"Transfermarkt" portali yozda shartnoma muddati tugaydigan eng qimmat 11 futbolchi ro‘yxatini e’lon qildi. Jamoaning umumiy qiymati 349 million evroni tashkil etdi. Ramziy jamoa tarkibida Lionel Messi, Karim Benzema va boshqa mashhur futbolchilar bor.
Darvozabon: David de Xea (MYu, 15 million evro)
Himoyachilar: Aleks Grimaldo (“Benfika”, 25 million ), Evan N'Dika (“Ayntraxt”, 32 million), Milan Shkrinyar (“Inter”, 60 million), Nelson Semedu (“Vulverxempton”, 15 million).
Yarim himoyachilar: Adrien Rabo (“Yuventus”, 30million), Daichi Kamada (“Ayntraxt”, 30million), Yuri Tielemans (“Lester”, 30million).
Hujumchilar: Markus Tyuram (Borussiya M, 32million), Karim Benzema ("Real" Madrid, 35million), Lionel Messi (PSJ, 45million).
Fikrlar