
Yozda Toshkentda MMA bo‘yicha yirik musobaqa o‘tkaziladi. Unga Floyd Meyvezer ham keladi
Ertaga Qo‘qon shahrida MMA bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi. Bugun ushbu turnir oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda yurtimizning mashhur yakkakurash ustalari – Mahmud Murodov, Murod Xonto‘raev va Nursulton Ro‘ziboev ishtirok etdi.
Anjumanda so‘z olgan Mahmud Murodov tez orada O‘zbekistonda promoushen kompaniyasi ochilishi va iyul oyida “Humo Arena”da MMA bo‘yicha yirik musobaqa o‘tkazishni rejalashtirayotgani va unda Murod Xonto‘raev ham oktogonga ko‘tarilishini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, Murodov Toshkentdagi turnirga o‘zining yaqin do‘sti hisoblangan afsonaviy bokschi Floyd Meyvezerni ham tashrif buyurishini aytdi.
Fikrlar