Yozda "Yangier" safiga ko‘chib o‘tgan Muhammad Isaev o‘ziga boshqa jamoa topadi
Xabaringiz bo‘lsa, “Yangier” jamoasi yozgi selektsiyada tarkibiga bir qator yangi o‘yinchilarni qo‘shib olgandi. Ulardan biri yarim himoyachi Muhammad Isaev bo‘lib, yozgi transfer oynasi yopilishiga oz fursat qolganida “Yangier” bilan shartnoma imzolagan. Biroq ushbu yarim himoyachining jamoadagi faoliyati qisqa davom etdi. Futbolchining aytishicha, u “Yangier” jamoasini tark etib ulgurgan. Lekin hozircha bunga nima sabab bo‘lganini ochiqlamagan. Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, klubda moliyaviy tomondan muammolar mavjud.
Ma’lumki, futbolchi joriy mavsumni Tojikistonning “Istiqlol” klubida boshlagan bo‘lib, Osiyo Chempionlar ligasida debyutini ham o‘tkazgandi. Keyinchalik birinchi davradan so‘ng “Istiqlol” bilan xayrlashdi. Ko‘rib turibsizki, Isaevning “Yangier”ga ko‘chib o‘tgani muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, futbolchi faoliyatini yana xorijda legioner sifatida davom ettirish niyatida.



Fikrlar