Yozning jaziramasida Superligada "qaynoq harorat"dagi o‘yinlar yoxud 14-turda jamoalarning imkoniyatlari qanday?

  • 27 iyul, 2023, 08:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga ishtirokchilari yozgi yig‘inini yakunlab, yana katta sahnaga qaytmoqdalar. Muxlislar o‘z suyuklilarining o‘yinlarini sabrsizlik bilan kutishayotgani rost.

Tecno

27 iyulda start oladigan ikkinchi davra siz  bilan bizga yozning qaynoq harorati kabi olovli o‘yinlarni taqdim etadi.

14-tur 30 iyulga qadar davom etadi. “Sho‘rtan” bosh murabbiyi Anvar Berdiev ikkinchi davraning ilk turidagi juftliklar imkoniyati haqida gapirdi.

27 iyul

“Buxoro” – “Turon”

- Avvalo aytmoqchimanki, bu mening shaxsiy fikrlarim. Nima bo‘lishini Xudo biladi. Men faqat o‘z qarashlarimni aytaman.

Ikkinchi davrada “Buxoro”ga orqaga yo‘l yo‘q. Bosh murabbiy Ulug‘bek Baqoev yozda tarkibni yaxshi shakllantirib oldi. Lekin “Turon” ham ancha o‘zgarishlar qildi va tarkibini yoshartirdi. Ikkala jamoaga ham omad tilayman. Menimcha, kuchlar teng. “Buxoro”ga yangi kelgan o‘yinchilar darrov Baqoevning taktikasiga moslashib ketishi engil kechmaydi. “Turon”da yoshlar va agar ularning o‘yini o‘xshab qolsa o‘zlarini erkin his qiladilar hamda raqibga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. O‘ylashimcha, imkoniyatlar 50x50.

buxoro tanish1_1

28 iyul

“Andijon” – “Nasaf”

- Ooo, bu juda qiyin o‘yin bo‘ladi. “Andijon”ni o‘z maydonida o‘ynashi aniq bo‘ldi. “Nasaf”ga nihoyatda og‘ir. “Andijon” birinchi davrani ko‘tarinki ruhda olib bordi. Buning ustiga ular birinchi davradagi uy uchrashuvlarini asosan Farg‘onada o‘tkazdilar. Andijon xalqi o‘z jamoasini “Bobur Arena”da kutyapti. Shuning uchun “Andijon” futbolchilari katta qo‘llab-quvvatlov ostida o‘ynaydilar. Chempionatning ochilish o‘yinida “Andijon” Qarshida “Nasaf”ni yutib ketgan. Bu esa Ro‘ziqul Berdiev va uning shogirdlariga alam qilgan bo‘lishi mumkin. O‘shanda 1-turning sensatsiyasi bo‘lgandi. Menimcha, ushbu uchrashuvda ham imkoniyatlar 50x50.

“Olimpik” – “Paxtakor”

- “Olimpik” Timur Kapadze boshchiligida ikkinchi davraga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdi. Bu klubni qanday kuch ega ekanligini bilamiz. 1-turda “Paxtakor” maydonida g‘alaba qozongan. Ikkinchi davrada “Paxtakor” ham ancha yaxshi hozirlik ko‘rdi. Legionerlarni oldi. Juftlikda 45x55 “Paxtakor” foydasiga.

olimpik1_1

29 iyul

“Neftchi” – “Metallurg”

- “Metallurg” ham ikkinchi davra oldidan tarkibini kuchaytirdi. Birinchi davrada “Neftchi” Bekobodda 3:0 hisobida g‘alaba qozongan. Endi oson o‘yin bo‘lmaydi. “Neftchi”ni o‘z maydonida va birinchi davrani ko‘tarinki ruhda o‘tkazganini hisobga olsak, bu erda mezbonlarning imkoniyati 60x40 deb o‘ylayman.

OKMK – “Surxon”

- Birinchi davrada OKMKning o‘yinlarini kuzatdim. To‘g‘risi, ular keraksiz joylarda ochkolarni yo‘qotishdi. Lekin Mirjalol aka Qosimov ikkinchi davrada bunday xatolar takrorlanmasligini biladi. Nazarimda, bu juftlikda 60x40 OKMK yutsa kerak.

okmk 1_3

30 iyul

“Bunyodkor” – “So‘g‘diyona”

- “Bunyodkor”ga yangi murabbiy kelgan. Rosti, ularning o‘yinlarini kuzatganim yo‘q, qanday o‘zgarishlar bo‘lganini yaxshi bilmayman. Shaxsiy fikrim shundayki, o‘yinda kuchlar teng.

“Qizilqum” – “Navbahor”

- “Navbahor”ni qanday kuchga egaligini bilamiz. Tarkib bo‘yicha ham “Navbahor” O‘zbekistonda eng yaxshisi desa ham bo‘ladi. “Qizilqum”ga qiyin bo‘ladi. Menimcha, imkoniyatlar 45x55 “Navbahor” ustunligida. Mehmonlar g‘alaba qozonsa kerak.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
27/07/2023 14:13
Чотингга караб фол очаверма
&
Sardorbek 5555
27/07/2023 13:28
Olga Navbaxor soladi Navbaxor
&
Bek 56
27/07/2023 13:21
Анвар Берди у'збек футболини ёрк, ин юлдузларидан бири х,озирда Шуртан бош мураббийи . Анваржон АЛЛОХ, ишларингизни илгари к,илсин сог ва омон бу'линг