Yulduzlarni sig‘dira olmayotgan PSJ yana bir zo‘r futbolchiga xaridor

  • 01.10.2021 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ mutasaddilari yozgi transferlar davrida jamoaga taklif etiladigan futbolchilar ro‘yxatini shakllantirmoqda.

Parijliklar birinchilardan bo‘lib, “Milan” yarim himoyachisi Frank Kessieni olishni rejalashtiryapti.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ivuarlik futbolchi PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino qo‘llayotgan o‘yin uslubiga juda mos tushadi va maydon markazidagi ustunlikni ta’minlay oladi.

O‘tgan mavsumda Kessie jami 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va oltita golli pas berdi. Milanliklar uning transferini 55 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!