Yunon-rim kurashi. O‘zbekiston chempionatining birinchi kuni yakunlandi

Poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida yunon-rim kurashi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati start oldi. 4-5-noyabr kunlariga belgilangan musobaqada mamlakatimizning 200 nafarga yaqin eng kuchli “klassik” kurash ustalari bahs olib borishadi.

Bugun turnirning birinchi kunida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Unda Ixtiyor Botirov (-55 kg), Islomjon Bahromov (-63 kg), Shahzod Qo‘chqorov (-72 kg), Azim Soatullaev (-82 kg) va Qodir Jalilov (-92 kg) o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritishdi.

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!