Yunon-rum kurashchilarimiz Qozog‘istonda sovrindor bo‘lishdi
19-22 iyun kunlari Qozog‘istonning Shimkent shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha akademik M.Saparbaev xalqaro ochiq turniri bo‘lib o‘tdi. Joriy turnir o‘z an’anasiga ega bo‘lib, unda turli mamlakatlarning kuchli kurashchilari ishtirok etadi. Mazkur musobaqa hisob bo‘yicha XXVI bor o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan hamyurtlarimiz ham sovrindorlar qatoridan o‘rin olib, jami beshta medalni qo‘lga kiritdilar. Jumladan, 55 kg vazn toifasida J.Mirahmedov kumush, 72 kg da D.Morozov kumush, 87 kgda M Shamsitdinov ham kumush medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, eng og‘ir 130 kg vazn toifasida D.Raxmatov ham shoxsupaning ikkinchi o‘rnini band etdi. Yana bir 130 kgda gilamga tushgan T. O‘rinboev esa bronza medalini qo‘lga kirita oldi.


Fikrlar