
Yurgen Klopp: "O‘ylashimcha, Saloh kuni-bo‘yi ham yugura oladi"
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Lion"(3:1) klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Jamoaga yangi kelgan futbolchilarning yaxshi xarakatlaridan xayron qolmadim. O‘ylashimcha, Saloh kuni-bo‘yi yugura oladi, bu bizga yordam beradi. Bu biz uchun maydonni yanada ochiq qiladi va turli xil futbol o‘ynashga imkon beradi, shunchaki chiziqlar orasidagi bo‘sh joyni qidirmaymiz. Ba’zan Muhammad tezkor yugurishi uchun to‘pni raqib ximoyachilari ortiga tashlaymiz. Bu bizning o‘yinimizda muhim omil sanaladi.
Firmino jarima maydonchasi ichida yaxshi ochildi va ishonchli harakat qildi. Bu biz uchun juda muhimdir. Garri Uilson birinchi bo‘limda juda ko‘p ish qildi va ajoyib gol urdi. Bu gol uning uslubida edi va juda ajoyib edi.
Bir qator futbolchilar “Lion”ga qarshi o‘ynashdi. Yigitlar bahsning so‘nggi 30 daqiqasini yaxshi va ishonchli o‘tkazishdi. Bir-birlani tushunib jamoaviy o‘ynashdi. Bu juda yaxshi.
Shuning uchun, bugun men xursandman, lekin yakshanba kuni "Man Siti"ga qarshi imkoniyatlarga ega bo‘lishimiz uchun yanada yaxshi o‘ynashimiz kerak. Ammo aytganimdek, bugun biz to‘g‘ri yo‘nalishda qadam qo‘ydik va men bundan juda mamnunman,” - dedi Klopp.
Fikrlar