
“Yuve” “Jenoa”dan o‘yinchi tanladi. U kim ekan?
Eldor Shomurodov bilan bir jamoada o‘ynatgan Nikolo Rovella tez orada “Yuventus” futbolchisiga aylanadi.
Turinliklar 19 yoshli futbolchini olib, “Jenoa”ga Manolo Portanovani berishni taklif qilmoqchi.
Jurnalist Nikolo Skira tarqatgan ma’lumotga qaraganda, tomonlar rokirovkaning barcha shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan va bu transfer tez orada rasman e’lon qilinadi.
Kelishuvga ko‘ra, Nikolo Rovella 2022 yilning yozigacha “Jenoa”da o‘ynashni davom ettiradi va kelishilgan muddat kelganidan keyin Turinga yo‘l oladi.
Fikrlar