
«Yuventus», «Real», «Manchester Siti» va «Tottenxem» bir futbolchini ko‘zlamoqda
Angliya terma jamoasi hamda “Lids” klubi yarim himoyachisi Kelvin Fillips bir qator grand klublar e’tiboriga tushdi.
TuttoJuve nashrining yozishicha, «Yuventus», «Real», «Manchester Siti» va «Tottenxem» klublari 25 yoshli futbolchini kuzatmoqda. O‘z navbatida “Lids” Kelvinning transferini 25 mln funtga (okolo 30 mln evro) baholamoqda.
Fillips yakunlangan mavsum premer-ligada jami 29 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Kelvin Fillips 2020 yildan buyon Angliya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.
Fikrlar