"Yuventus" Aaron Remzini rasman ommaga tanishtirdi (FOTO)
Turinning “Yuventus” klubi uelslik yarim himoyachi Aaron Remzini o‘z futbolchisi sifatida ommaga tanishtirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
28 yoshli futbolchi o‘ziga 8-raqamni tanladi.

Eslatib o‘tamiz, Remzi 2008-2019 yillarda “Arsenal” sharafini himoya qilgan. Joriy yoz uning “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi yakunlandi va u “Yuve”safiga erkin agent sifatida borib qo‘shildi.



Fikrlar