“Yuventus” Allegri o‘rniga boshqa bosh murabbiy topib qo‘ydi

  • 11 aprel, 2024, 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turin superklubi rahbariyati Massimiliano Allegrining natijalaridan qoniqmayapti va kelasi mavsum oldidan jamoani boshqa mutaxassisga topshiradigan bo‘ldi.

Calciomercato nashrining ma’lum qilishicha, turinliklar “Bolonya”ni Chempionlar ligasiga olib chiqishga yaqin turgan Tyago Motta bilan bo‘lajak hamkorlik haqida muhim kelishuvga erishgan.

Motta futbolchilik faoliyatini 2018 yili PSJda yakunlagan edi.

Keyin qisqa muddat parijliklarning yoshlar jamoasida ishlagan Tyago, Italiyaga qaytib “Jenoa” va “Spetsiya”da bosh murabbiylik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!