"Yuventus" Allegri o‘rniga qaysi murabbiyni olib kelmoqchi ekanligi ma’lum

  • 16 sentabr, 2022, 09:40
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Yuventus" 2022/2023 yilgi mavsumni yaxshi boshlamadi. Italiya chempionatining olti turgacha “keksa sinora” sakkiz ochko yo‘qotdi. Chempionlar ligasiga kelsak, guruhda turinliklar o‘tgan ikkala o‘yinda ham mag‘lub bo‘ldi - PSJ va "Benfika" (ikki bahsda ham 1:2 hisobi).

"Sky Sport" nashri xabariga ko‘ra, "Yuventus" rahbarlarining natijadan hafsalasi pir bo‘lgan bo‘lsa-da, Massimiliano Allegrini hozircha iste’foga chiqarmoqchi emas.

Shu bilan birga, "keksa sinora" natijalar yaxshilanmasa, klub Allegri bilan yana xayrlashishga majbur bo‘ladi. "Sportmediaset" xabarida yozilishicha, "Yuventus" Roberto de Zerbini jamoaga taklif qilishga tayyor.

"Shaxtyor"dan ketganidan keyin Roberto de Zerbi ishsiz qolmoqda. So‘nggi paytlarda italiyalik murabbiyning "Brayton" boshqaruviga kelishi borasida mish-mishlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!