"Yuventus" Allegrini iste’foga chiqarishi mumkin

  • 2 aprel, 2024, 17:18
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

2021 yilda klub qiyin holatda qolib ketganidan keyin "Yuventus" rahbariyati Massimiliano Allegrini ortga qaytargandi. Endi italiyalik mutaxassis iste’foga chiqarilishi mumkin. 

"Tuttosport"ga ko‘ra,  A Seriyaning keyingi ikkita bahsi Aleggrining kelajagini belgilab beradi. Klub qoniqarsiz natijalardan hafsalasi pir bo‘lgan. Agarda 56 yoshli murabbiy jamoani tark etadigan bo‘lsa, uning o‘rnini "Bolnya"da ishlayotgan Tiago Motta egallashi mumkin.

Turinliklar so‘nggi 4 ta o‘yindan beri g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Shu bilan birga, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni boy berib, 3-pog‘onadan tushib ketishga ham yaqin turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!