“Yuventus” “Arsenal”ga super rokirovka taklif qildi

  • 12 avgust, 2020, 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pandemiya sharoitida grand klublar katta mablag‘ evaziga futbolchi sotib olish amaliyotidan voz kechmoqda. Ular o‘zlariga kerakli futbolchilarni rokirovka orqali qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda.

Tecno

Xususan, “Yuventus” bu borada katta tajriba to‘pladi. Turinliklar yaqinda “Barselona” bilan futbolchi almashib, ko‘p millionli transferni oson hal qildi.

Endi Andrea Pirlo jamoasi “Arsenal”ni ana shunday rokirovkaga chorlamoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, turinliklar “Arsenal” hujumchisi Aleksandr Lyakazettni olib, o‘rniga Duglas Kostani Londonga yubormoqchi.

Aslida har ikki klub ham yuqorida nomi keltirilgan futbolchilarini boshqa klublarga qo‘yib yuborishga rozi. Bu borada faqatgina Duglas Kostaning yuqori maoshi muammo keltirib chiqarishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!