
"Yuventus" "Atalanta" bilan futbolchi almashtirmoqchi
"Yuventus" hali ham "Atalanta" yarim himoyachisi Alexandro Gomesni qo‘lga kiritishdan umidini uzmayapti.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, turinliklar 32 yoshli futbolchining transferi uchun hujumchi Federiko Bernardeskini qo‘shib berishga tayyor. “Keksa sinora” ushbu xarid joriy qishki transferlar davrida amalga oshishiga umid qilmoqda. Biroq Bernardeski jamoadan ketishni xohlamayapti va bu “Yuve”ga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, "Atalanta" rahbariyati Gomes va bosh murabbiy Jan Pero Gasperini o‘rtasida munosabatlar yomonlashgani sabab argentinalik futbolchining xizmatlaridan voz kechishga qaror qilgan edi.
Fikrlar