"Yuventus" Buffonga o‘rinbosar darvozabon bilan shartnoma imzoladi
“Jenoa” darvozaboni Mattia Perin faoliyatini “Yuventus”da davom ettiradi. 25 yoshli futbolchi Turin klubi bilan 2022 yil yoziga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkan, deya xabar beradi “Yuventus” rasmiy sayti.
Ma’lum bo‘lishicha, “Yuventus” “Jenoa” Perin uchun 12 mln evroni uch yilda bo‘lib to‘laydi. Agar uning o‘yini o‘xshab ketadigan bo‘lsa, “Jenoa” yana 3 mln evro bonus oladi.
Perin “Jenoa” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va asosiy jamoada 2010 yilda debyut qilgan. O‘tgan mavsum chkempionatda 37 o‘yinning 11 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Avvalroq Turin klubini 40 yoshli Janluiji Buffon tark etgan edi. U faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin.



Fikrlar