
"Yuventus" EChL guruh bosqich 3-turi uchun qaydnomasini e’lon qildi
"Yuventus" o‘zining rasmiy saytida EChL guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan "Ferentsvarosh"ga qarshi o‘yin uchun qaydnomani e’lon qildi.
Koronavirus sabab, Chempionlar ligasining dastlabki ikki turini o‘tkazib yuborgan Krishtianu Ronaldu yana tarkibga qaytgan. Shuningdek, himoyachi Jorjo Kellini ham sog‘aygan va u ertangi o‘yinda jamoasiga yordam bera oladi.
"Yuventus" - "Ferentsvarosh" uchrashuvi 4 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Darvozabonlar: Voytsex Shchensni, Karlo Pinsolo, Janluiji Buffon.
Himoyachilar: Jorjo Kellini, Danilo, Xuan Kuadrado, Leonardo Bonuchchi, Janluka Frabotta, Alessandro Richchio.
Yarim himoyachilar: Artur, Aaron Remzi, Ueston Makkenni, Federiko Keza, Adrien Rabo, Rodrigo Bentankur, Federiko Bernardeski, Manolo Portanova, Deyan Kulusevski.
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu, Alvaro Morata, Paulo Dibala.
Fikrlar