
"Yuventus" futbolchisi qanday qilib koronavirus yuqtirib olganini aytdi
“Yuventus” klubi yarim himoyachisi Blez Matyuidi qanday qilib koronavirus yuqtirib olganini aytdi.
“To‘g‘risini aytsam, bu juda qiyin. Koronavirusga qarshi test natijalari musbat chiqqanidan keyin, hatto do‘konlarga ham chiqa olmasdim. Men ruhiy jihatdan azob chekishni boshladim.
Menda kasallik alomatlari yo‘q edi, ammo tashxis natijalarini bilgach men shokka tushib qoldim. Men vahima ichida qolgan edim, hayotim va yaqinlarimning salomatligi uchun qo‘rqardim. Bu ular uchun juda qiyin edi, lekin men ularni tinchlantira oldim. Biz bu voqealar imkon qadar tezroq tugashini xohlaymiz”, - deydi frantsiyalik futbolchi.
Fikrlar