"Yuventus" hujumchisi terma jamoa yig‘iniga bormaydi

  • 9 noyabr, 2020, 13:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" forvardi Paulo Dibala Argentina terma jamoasiga chaqirilmadi. Terma jamoa matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hujumchi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo sabab yig‘inni o‘tkazib yuboradi.

Dibala Italiya chempionati 7-turi doirasida "Latsio"ga qarshi o‘yinning 76-daqiqasida Krishtianu Ronalduning o‘rniga maydonga tushdi. Biroq uning xatosidan so‘ng, rimliklar tashkil etgan hujum gol bilan yakunlandi.

Argentina terma jamoasi "JCh-2022" saralash bosqichida Paragvay (13 noyabr) va Peru (18 noyabr) bilan bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!