"Yuventus" ishga kirishdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbani ortga qaytarmoqchi, deya yozmoqda "Sky Sports" nashri.

"Keksa sinoralar" vakillari frantsiyalik futbolchining agenti Mino Rayola bilan muzokaralarni boshlab yubordi. Avvalroq, Pogbaning o‘z ham "Yuve" safiga qaytish istagi borligini yashirmagan edi. 

Eslatib o‘tamiz, Polning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo‘ljallangan. Yarim himoyachi ushbu mavsumda 15ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!