
"Yuventus" "Jenoa"da porlagan hujumchini sotib olmoqchi
"Yuventus" qishki transfer oynasida markaziy hujumchi sotib olmoqchi.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko‘ra, turinliklar jamoani tark etishi kutilayotgan Alvaro Morataga munosib o‘rinbosar izlamoqda. Nomzodlar orasida A Seriyadan "Sassuolo" futbolchisi Janluka Skamakka va "Fiorentina" yulduzi Dushan Vlaxovich kabi forvardlar bor.
Shuningdek, "keksa senora" PSJdan Mauro Ikardini ijaraga olmoqchi edi. Ammo parijliklar rad javobini berdi. Edinson Kavani transferi ham o‘xshamadi. Biroq "Arsenal"ga kerak bo‘lmay qolgan Per-Emerik Obameyang faoliyatini Apennin yarimorolida davom ettirishi mumkin.
Yuqoridagi futbolchilardan biri olib kelingan taqdirda, "Yuventus" Alvaro Moratani qo‘yib yuborishga rozi bo‘ladi. Unga "Barselona"dan qiziqish bor.
Fikrlar