
“Yuventus” “Jenoa”dagi hujumchi transferini hal qildi. U kim ekan?
Italiyaning eng nufuzli nashri La Gazzetta dello Sport tarqatgan xabarga ko‘ra, “Yuventus” rahbariyati “Jenoa”da ijara asosida to‘p surayotgan Janluka Skamakkaning transferi bo‘yicha hujumchining transfer huquqiga egalik qiluvchi “Sassuolo” bilan kelishuvga erishdi.
Turin klubi Italiya yoshlar terma jamoasi o‘yinchisi uchun 20-25 million evro to‘laydigan bo‘ldi. Avvalroq, “Yuventus” o‘zbek legioneri Eldor Shomurodovga ham qiziqish bildirgani haqida ma’lumotlar tarqatilayotgan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Yuventus” Skamakkani 18 oylik ijaraga oladi va keyinchalik sotib olish huquqidan foydalanishi mumkin.
Skamakka joriy mavsumda 13 ta uchrashuvda ikkita gol urdi. Avvalroq, Turin klubi “Jenoa”ning 19 yoshli yarim himoyachisi Nikolo Rovella transferi bo‘yicha ham kelishuvga erishgandi.
Fikrlar